Ko’k ko’zli odamlar haqida hayratlanarli 5 ta fakt

Dunyoda hech kimning ko’z rangi siznikiga o’xshamasligi mumkin. Ammo agar sizning ko’zlaringiz ko’k rangli bo’lsa, demak siz boshqalardan yanada ajralib turasiz. Bugun biz ko’k ko’zli odamlarning o’ziga xos xususiyatlari haqida qiziqarli faktlarni taqdim etamiz.

1. Ko’k rangdagi ko’zlarning rangi aslida unday emas

Ko’zlarda ko’k rangli pigment bo’lmaydi. Odamlarning aksariyati jigarrang ko’z ranglarini  terining rangi uchun javob beradigan pigment hisoblanuvchi melanindan oladi. Ammo ko’k ko’zlar haqida gap ketganda shuni aytish mumkinki, ularning rangi yorug’likni aks ettirish natijasida hosil bo’ladi. Buni okean va osmon orqali aks etadigan rang kabi tushunish mumkin.

2. Ko’k rangli ko’zlar rangini o’zgartirishi mumkin

Ko’k ko’zlar yorug’lik tushishiga qarab turli xil ranglarda ko’rinishi mumkin. Bu qanday sodir bo’ladi deysizmi, buning sababi shundaki ko’k ko’zlar ranglarini ko’zga tushgan nurdan oladi va va aks qaytaradi. Shuningdek, bu rangdagi ko’zga ega ayollar tanlaga bo’yoq ranglariga qarab, ko’zlari rangini ham biroz o’zgartirishi mumkin.

3. Barcha ko’k ko’zli odamlarning avlodlari bitta

Kopengagen universitetining bir guruh olimlarining aniqlashicha ko’k ko’zli odamlarning barchasi bir avloddan bo’lishi mumkinligini aniqladilar. Qachonlardir, minglab yillar oldin hamma jigarrang ko’zlarga ega bo’lgan, ammo bir qancha yillar davomida melanin darajasini boshqaruvchi gen mutatsiyaga uchragan. Ushbu mutatsiya bizning tanamizda ishlab chiqariladigan melanin miqdorini cheklagan va natijada jigarrang ko’zlarning ba’zilani  ko’k rangga aynishiga sabab bo’lgan. Barcha ko’k ko’zli odamlar ushbu genetik o’tishni DNKlarida aynan shu joyda meros qilib olishgan.

4. Ko’k ko’zlar juda kam uchraydi

Dunyodagi odamlarning aksariyati qismi jigarrang ko’zlarga egadir, insonlarning atigi 8-10 foiz qismigina ko’k rangdagi ko’zlarga ega bo’lish baxtiga muyassar. World Atlas ma’lumotlariga ko’ra, ko’k ko’zli odamlarning aksariyati Yevropada yashar ekan. Eng ko’p ko’k ko’zli odamlar yashaydigan davlat esa Finlandiyadir.

5. Ko’plab insonlarning ko’zlari tug’ilgan paytida ko’k rangda bo’ladi

Chaqaloq tug’ilgan paytida katta bo’lsa uning ko’zlari qanday rangda bo’lishini aniq aytib bo’lmas ekan. Go’dak 6 oylik bo’lgandan keyingina uning ko’zlarini doimiy rangini bilish mumkin. Shu paytdagina, ko’zlar ko’k bo’lib qolishi yoki kulrangga, jigar rangga aylanishi mumkin.