Qanday qilib ingliz tilida “writing” ni yaxshilash mumkin

Ko’pchilik insonlar uchun ingliz tilida «writing»ni yaxshilash haqiqiy muammo kabi ko’rinishi mumkin. Xavotir olmang. Ingliz tilidagi yozuvni takomillashtirish va yozish mahoratini oshirish uchun aslida bir necha oddiy qadamlar bor. Bugungi maqolamizda shu haqida gaplashamiz.

Qanday qilib ingliz tilida “writing” ni yaxshilash mumkin?

Yozish siz uchun zerikarli bo’lishi mumkin. Biroq, “writing”ni takomillashtirishning eng yaxshi usuli – qalam va qog’oz olish yoki telefonni qo’lga olib telegramda do’stlarga ingliz tilida xabar jo’natishdir. Har bir matnning bir nechta versiyasini yozishga tayyor bo’ling, chunki, hatto professional yozuvchilar uchun ham birinchi qoralama variant hech qachon mukammal bo’lmaydi. 

1. So’z boyligingizni kengaytiring

Fikrlaringizni aniq ifoda etish uchun sizga yaxshi so’z boyligi kerak. Bu shunchaki ko’p so’zlarni yod olish emas, balki ularni to’g’ri ishlata olish demakdir. Bunda nafaqat so’zlarni, balki ularga yaqin jumlalari bilan yangi so’zlarni o’rganing.

Maslahat: Yangi so’zni o’rganganingizda, ushbu so’zning barcha shakllarini va odatda u bilan ishlatiladigan predloglarni o’rganishga harakat qiling. (Masalan, faqat “depend” so’ziga emas, balki quyidagilarga ham e’tibor bering: depend on, tobe dependent on, a dependant.)

2. So’zlarning imlosiga ham diqqatli bo’ling

Siz ingliz tilidagi so’zlarni qanday to’g’ri yozishni bilishingiz kerak. Noto’g’ri imlo sizning jumlagizning ma’nosini o’zgartiradi. Masalan: “be” va “bee” tovushlari bir xil, ammo “be” bo’lmoq degan ma’noni anglatadi ammo “bee” – bu ari. Bundan tashqari, noto’g’ri imloda yozish o’quvchiga yozganlaringizni tushunishni qiyinlashtiradi.

3. Ko’proq o’qing

“Yozishni o’qish orqali o’rganiladi” degan gapni eshitgan bo’lsangiz kerak.Bu juda to’g’ri fikr. Ingliz tilidagi ma’lumot va kitoblarni o’qish har tomonlama foydalidir. Bu orqali siz yozuvning turli uslublari haqida tasavvurga ega bo’lib, so’zlardan qanday qilib to’g’ri foydalanishni bilib olasiz.

Mutolaa uchun sizni qiziqtirgan mavzulardagi kitoblarni yoki maqolalarni tanlang . Ularni o’qish siz uchun zerikarli bo’lmasligi kerak. Matndagi yangi so’zlar va iboralarni qanday ishlatishni tushunganingizga ishonch hosil qilgunga qadar har bir matnni bir necha marta o’qing.

4. Grammatikangizni yaxshilang

Grammatika juda muhimdir, chunki u sizning ingliz tilidagi yozuvingiz sifatini yaxshilaydi. Har doim tegishli zamondan foydalaning va tinish belgilarini ishlatishni unutmang. Tinish belgilari – yozuvingizni ravshan va ravon qilishning eng yaxshi usuli.

Yozuvingizni doimo ikki marta o’qing. Birinchi marta, umumiy xatolarni qidiring, ikkinchisi esa hozirgi vaqtda siz o’rganayotgan grammatik tomondan xatolarni qidiring.

5. Shunchaki yozing!

Yozish siz uchun zerikarli bo’lishi mumkin. Biroq, “writing”ni takomillashtirishning eng yaxshi usuli – qalam va qog’oz olish yoki telefonni qo’lga olib telegramda do’stlarga ingliz tilida xabar jo’natishdir. Har bir matnning bir nechta versiyasini yozishga tayyor bo’ling, chunki, hatto professional yozuvchilar uchun ham birinchi qoralama variant hech qachon mukammal bo’lmaydi. Yodingizda bo’lsin, amaliyot – eng yaxshi o’qituvchidir.